Termiz shahrida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish yoʼlga qoʼyilmoqda

Termiz shahrida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish yoʼlga qoʼyilmoqda
Bugun, Termiz shahar hokimligida 2021 yil 21 aprelь sanasidagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5088-sonli Qarori ijrosi yuzasidan “Temir yoʼlchi” va “Katta bogʼ” mahallalarida tashkil etilishi rejalashtirilgan yoshlar sanoat zonalarining loyiha tashabbuskorlari boʼlgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda Termiz shahriga biriktirilgan Respublika ishchi guruhi xususan, Investitsiya va Tashqi savdo vazirligi, Respublika “Milliybank”, Transport vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish qoʼmitasi vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir jarayonida yosh loyiha tashabbuskorlari sanoat zonalari tashkil etishda, duch kelishi mumkin boʼlgan muammolar borasida, zaruriy taklif va tavsiyalarga ega boʼlishdi. Shuningdek, 45dan ziyod yosh tadbirkorlar oʼzlarining tashabbuskor loyihalarini amalga oshirish mexanizmi hamda biznes loyihalari taqdimotlarini oʼtkazishdi. Qizgʼin baxs-munozaralarga boy boʼlgan uchrashuv kelgusida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash borasida muhim ahamiyat kasb etishi muqarrar.