RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 25-mart kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Xalq nazorati” guruhida Termiz shahar “Jo֥‘yjangal” MFY “Muqimiy” ko‘chasining xarob ahvoli, ta’mirtalabligi tanqid qilingan murojaat yo‘llangan.

 

Mazkur murojaat o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi. Termiz shahar "Jo‘yjangal" mahallasi Muqimiy ko‘chasida joriy yilning bahor mavsumida yog‘ingarchilik vaqtida yomg‘ir suvi to‘planib tabiiy ko‘llar xosil bo‘lib, harakatlanishga noqulaylik keltirib chiqarganligi olati yuzaga kelgan.

Ushbu ko‘cha ichki avtomobil yo‘li xisoblanganligi hamda fuqarolar tomonidan murojaatlarning ko‘payib ketishining oldini olish maqsadida 2022-yil ichki avtomobil yo‘llarini ta’mirlash dasturiga taklif berilgan, ushbu dastur tasdiqlangandan so‘ng, byudjet mablag‘lari ajratilib, asfaltbeton yotqizish ishlari joriy yilning 3-choragida amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.