TERMIZ SHАHRIDА NАVBАTDАGI SАYYOR QАBUL OʼTKАZILDI

TERMIZ SHАHRIDА NАVBАTDАGI SАYYOR QАBUL OʼTKАZILDI

Bugun, 31-mart kuni Termiz shahar hokimi Isroil Xudayberdiev va shahar Xalq qabulxonasi mudiri O.Saodatov hamda mutasaddi tashkilotlar birgalikda fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul oʼtkazdi.
Qabul davomida imkoniyati cheklangan 2-nafar fuqaroga sogʼligini tiklashi uchun bir martalik moddiy yordam berilishi, imtiyozli kredit masalasidagi murojaatlar tegishli tartibda mahalladagi hokim yordamchisi orqali amaliy yordam koʼrsatiladigan boʼldi.
Shuningdek, imtiyozli uy-joy olish uchun subsidiya ajratish masalasi yuzasidan murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qoʼshimcha oʼrganish talab etiladigan qolgan murojaatlar nazoratga olinib, ijrosi boʼyicha tegishli masʼullarga muddat belgilandi.