Kecha, Termiz shahridagi 27-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.

Kecha, Termiz shahridagi 27-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Unda Termiz shahar hokimligi, shahar maktabgacha taʼlim boʼlimi, shahar madaniyat boʼlimi va ota-onalar ishtirok etishdi. Dastlab, Termiz shahar maktabgacha taʼlim boʼlimi rahbari А.Xoltoʼraeva soʼzlab, bolajonlarni yangi taʼlim muassasasi bilan qutladi. Shundan soʼng, Termiz shahar madaniyat boʼlimi ijodiy jamosining yosh estrada xonandalari kuylagan qoʼshiqlari tashrif buyurganlarga xushkayfiyat ulashdi.