Termiz shahridagi vaqtincha ishsiz fuqarolar mavsumiy ish bilan band

Termiz shahridagi vaqtincha ishsiz fuqarolar mavsumiy ish bilan band Jahon ipak bozorida ipak mahsulotlariga boʼlgan talabning tobora oshib borayotganligi oʼz navbatida mamlakatimizda pilla yetishtirish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirishni taqozo etmoqda. Xalqimiz pillachilik bilan azaldan shugʼullanib keladi. Bugun ham yurtimizda ipak qurti boqish hadisini puxta oʼzlashtirgan oilalar koʼp. Ular oddiy sharoitda ham har quti ipak qurtidan 65 kilogramdan oshirib sifatli hosil yetishtiradi.
Xalqimiz pillachilik bilan azaldan shugʼullanib keladi. Bugun ham yurtimizda ipak qurti boqish hadisini puxta oʼzlashtirgan oilalar koʼp. Ular oddiy sharoitda ham har quti ipak qurtidan 65 kilogramdan oshirib sifatli hosil yetishtiradi.
Аytish kerakki, uzoq yillar mobaynida pillakorlar ipak qurtini qancha mashaqqat evaziga boqib keldi. Garchi jonivorlar parvarishi qiska muddat davom etsa-da, ipak qurti olgan oilaning katta-kichik barchasi bir oy shu tashvish bilan ovora edi. Oilaviy toʼrt-besh nafar aʼzosi sokin sahardan tunning allamahaligacha tutzordan barg kesib keltirish, bargni novdasidan ajratish va qurtxonaga solib, yayratish bilan band boʼlardi. Jonivorlar kattargan sari oziqa – bargga talab ortar, baʼzida zvenolar barg topish ilinjida har tomonga chopardilar. Toʼrtinchi-beshinchi yoshdan keyin barg topish tashvishidan tashqari, pilla oʼrashi uchun qir-adirga chiqib mingbosh, shuvoq, yovvoyi supurgi kabi dastabop oʼsimliklar izlardi. Keyingi yillarda sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida pillakorlar mehnati har tomonlama yengillashayapti. Termiz shahridagi "Namuna" MFysining vaqtincha ishsiz fuqarolari bugungi kunda mavsumiy ish bilan taʼminlanmoqda. Oʼz xonadonlarida ipak qurti yetishtirmoqda.