Surxondaryoda 391,8 mlrd soʼmlik moliyaviy xizmatlar koʼrsatildi

Surxondaryoda 391,8 mlrd soʼmlik moliyaviy xizmatlar koʼrsatildi

Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasining maʼlumotiga koʼra, 2022- yilning yanvar-fevral oylarida koʼrsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 391,8 mlrd soʼmni tashkil etdi. Viloyatda umumiy xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi 21,9 foizga teng.

Hududlar hajmida:

Termiz sh. – 163,5 mlrd;
Denov – 56,1 mlrd;
Qumqoʼrgʼon – 32,7 mlrd;
Sariosiyo – 23,0 mlrd;
Jarqoʼrgʼon – 20,3 mlrd;
Sherobod – 14,3 mlrd;
Shoʼrchi – 14,0 mlrd;
Uzun – 11,3 mlrd;
Termiz – 10,9 mlrd;
Muzrabot – 10,2 mlrd;
Qiziriq – 9,8 mlrd;
Аngor – 9,2 mlrd;
Oltinsoy – 7,2 mlrd;
Boysun – 6,1 mlrd;
Bandixon – 3,3 mlrd soʼmlik moliyaviy xizmatlar koʼrsatilgan.


surxonstat.uz