OCHIQ MULOQOT

OCHIQ MULOQOT

Termiz shahar hokimi oʼrinbosari Kamol Аshurov ishtirokida matbuot anjumani oʼtkazildi. Matbuot anjumanida OАV xodimlari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi va oʼzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Аnjumanda hokim oʼrinbosari K.Аshurov tomonidan Termiz shahrida yoshlar huquqbuzarligining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida quyidagi fikrlarni bildirdi.

Bugungi kunda Termiz shahrida 30 yoshgacha boʼlgan yoshlar soni
89 ming 106 nafarni tashkil etadi.
Shundan 6 yoshgacha boʼlganlar 21 ming 718 nafar, 7 yoshdan
17 yoshgacha boʼlganlar, 33 ming 37 nafarni hamda 18 yoshdan
30 yoshgacha boʼlganlar 34 ming 351 nafarni tashkil etadi.
Ushbu 18 yoshgacha boʼlgan 54 ming 755 nafar yoshlarmiz shahardagi 129 ta maktabgacha taʼlim muassasalari, 28 ta davlat va 2 ta xususiy umumtaʼlim maktablari, 1 ta Prezident maktabi, 2 ta akademik litsey, 1 ta kasb-hunar maktabi, 2 ta ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi, 3 ta texnikumlarida taʼlim tarbiya olib kelmoqda.
Voyaga yetmagan yoshlarimiz oʼrtasida joriy yilning 2 oyi davomida jinoyatlarni tahlil qiladigan boʼlsak Termiz shahar hududida 5 ta jinoyatlar voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan.
Shundan, jinoyatlar sodir etgan 5 nafar voyaga yetmaganlarning
3 nafari maktab oʼquvchilari va 2 nafari kasb-hunar taʼlimi va akademik litsey oʼquvchilaridan iborat.
Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar turlari boʼyicha tahlil qilganimizda ularning 3 tasi Oʼgʼirlik, 1 tasi Bezorilik, va 1 tasi Boshqa jinoyatlarni tashkil etadi.
Yoshlar oʼrtasida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida qator ishlarni tashkil etmoqdamiz.
Shulardan birini misol keltiradigan boʼlsam birinchi navbatda mahalladagi yoshlar yetkachilari va profilaktika inchpektorlari bilan hamkorlikda ularning oilaviy sharoitlarini oʼrganib chiqib, mavjud muammolarini hal etish hamda ularning boʼsh vaqtini band qilishga alohida eʼtibor qaratish bilan birgalikda ularning ota-onalari bilan ham profilaktik suhbatlarni olib bormoqdamiz.
Shu bilan birga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining
2022 yil 19 yanvarda “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-92-sonli qarorining ijrosini taʼminlash hamda 5 tashabbus doirasida aholi salomatligini mustahkamlash va sogʼlom-turmush tarzini shakllantirishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni mazmun-mohiyatini va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek yoshlarning isteʼdodlarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida turli hil tadbir va musobaqalar tashkil etib kelmoqdamiz.
Bundan tashqari maktab va taʼlim muassasalarida xamkor tashkilotlar bilan birgalikda “TIGʼ” tadbirlari va “Tungi reyd”lar muntazam amalga oshirilib kelinmoqda.