Termiz shahrida 7-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti zamon talablariga mos ravishda ish faoliyatini boshladi.

Termiz shahrida 7-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti zamon talablariga mos ravishda ish faoliyatini boshladi.
7-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bugungi kunda tashkilot zamonaviy standartlarga muvofiq mukammal taʼmirlandi. Taʼmirlashdan soʼng tashkilot 5 ta guruh 150 ta oʼrindan iborat boʼldi. 5 dona yangi bolalar uchun oʼyin maydonchalari ham tashkil etilgan.
Tashkilot xonalari keng va yorugʼ, shu bilan birgalikda shinam koʼrinishda qurilgan. Oʼquv-mashgʼulot xonalari kuzatuv kameralari, xona haroratini meʼyorda saqlab turuvchi sovutish va isitish tizimlari bilan toʼliq taʼminlangan.
Tashkilotda tarbiyalanuvchilar foydalanishi uchun musiqa va jismoniy tarbiya zallari, bolalar kutubxonalari, oshxona va bolalar yuvinish xonalari mavjud boʼlib, toʼliq zamon talablariga javob beradi.