Termiz shahrida kulolchilik markazi tashkil etildi

Termiz shahrida kulolchilik markazi tashkil etildi
Kuni kecha "Hunarmand" uyushmasi Surxondaryo viloyat boshqarmasining aʼzosi 4 avlod vakili, usta kulol Narzulla Joʼraev tomonidan kulochilik markazining tantanali ochilish marosimi oʼtkazildi.
Tadbir doirasida press-tur ham tashkil etildi. Ommaviy axborot vositalari kulolchilik markazining tashkil etilishi jarayonlari, kulol bilan suhbat va oʼzlarining qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Bu kabi markazlarning tashkil etilishi, milliy qadriyatlarimizni bezavol kelajak avlodga yetkazishda hamda hunarmandlik anʼanalarimizni davom etishida muhim ahamiyat kasb etadi.