Termiz shahrida klinik va paraklinik majmuasining ochilish marosimi oʼtkazildi

Termiz shahrida klinik va paraklinik majmuasining ochilish marosimi oʼtkazildi
Termiz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxonaning klinik va paraklinik majmuasi vohamiz aholisiga sifatli tibbiy xizmat koʼrsatish uchun 2021 yil 21 aprel kuni oʼz ish faoliyatini boshladi. Tantanali ochilish marosimida Termiz shahar hokimi oʼrinbosari Kamol Аshurov, shahar nuroniylari nomidan Shokir hoji Xodjaev, Termiz shahar madaniyat boʼlimi ijodiy jamoasi vakillari hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Termiz shahar madaniyat boʼlimi ijodiy jamoasining koʼngillarni xushlovchi taronalari yangrab, tibbiyot sohasi xodimlarining raqslariga ulanib ketdi. Tadbir yakunida tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan majmua bilan tanishish uchun ramziy lentalarni qirqish marosimi oʼtkazildi.