MАTBUOT АNJUMАNI OʼTKАZILDI

MАTBUOT АNJUMАNI OʼTKАZILDI

Bugun, Termiz shahar hokimi oʼrinbosari Аshurov Kamol Musulmonqulovich ishtirokida matbuot anjumani oʼtkazildi.
Mavzu: Taʼlim-tarbiya inson kapitalini rivojlantirishning muhim omili “Taʼlim tizimidagi islohotlar”.

Matbuot anjumanida Termiz shahar hokimi oʼrinbosari Kamol Аshurov shaharda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar borasida soʼz yuritdi.
Unda hokim oʼrinbosari quyidagi fikrlarni bildirdi.

Bugungi kunda Termiz shahrida jami 115 ta maktabgacha taʼlim muassasalari, 28 ta davlat va 2 ta xususiy umumtaʼlim maktablari, 1 ta Prezident maktabi, 2 ta akademik litsey, 1 ta kasb-hunar maktabi, 2 ta ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi, 3 ta texnikum va 4 ta oliy taʼlim muassasalari faoliyat koʼrsatmoqda.
Xozirgi kunda Termiz shahar xalq taʼlimi boʼlimiga qarashli 26 ta umumtaʼlim maktablari, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi 2 ta maktab-internatida 34 ming 367 nafar oʼquvchilar tahsil olib, ularga 2402 nafar pedagoglar taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.
Ushbu oʼquvchilarning barchasi toʼliq onlayn shaklda taʼlimga jalb qilingan.
Taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor hamda oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarining 9 foizdan 25 foizga oshirilishi natijasida 2020-2021 oʼquv yilida umumtaʼlim maktablarini bitirgan 2 ming 585 nafar yoshlarning 773 nafari yoki 29,9 foizi oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga kirishiga erishildi. Shundan, 681 nafari Oʼzbekistondagi davlat oliy taʼlim muassasalariga, 24 nafari Oʼzbekistondagi va 68 nafari xorijiy oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilingan.
Shuningdek, 41 nafar bitiruvchilar kollej va texnikumlarga hujjat topshirib, jami 814 nafar yoki 31,5 foiz bitiruvchilar oliy va oʼrta maxsus taʼlim muassasalariga qamrab olindi.
Bugungi kunda Termiz shahridan 2 nafar iqtidorli oʼquvchilarimiz muddatidan avval oliy taʼlim talabasi boʼlish xuquqini qoʼlga kiritib turibdi.
Jumladan, Termiz shahridagi 1-sonli yosh fizik va matematiklar maktab-internati oʼquvchisi Shaymardanova Muxlisa avvalgi yil “Zulfiya" nomidagi davlat mukofotini olganligi uchun bu yil Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʼqish imkonini qoʼlga kiritgan.
Termiz shahridagi 9-sonli maktabning 11-sinf oʼquvchisi Xurramov Ogʼabek muddatidan avval Xitoyning Shanxay davlat elektr energiya universitetiga oʼqishga qabul qilindi. U Shanghay University of Electric Power dan 10 ming 200 АQSh dollarlik grant ham yutib oldi.
Yangi “Farovon” massivida koʼp qavatli uylarning qurilishi va aholi sonining koʼpayishi, shahardagi 6 ta (1,3,10,15,19,22-sonli) maktablarda oʼquvchilarni qamrab olish koʼrsatkichi 2 va undan ortiq koeffitsientni tashkil etishi sababli shaharda yangi maktab qurishga ehtiyoj yuqori edi.
Mazkur muammoni hal qilish maqsadida Investitsiya dasturi asosida 18 mlrd 106 mln.soʼm ajratilib, joriy yilda 1540 oʼrinli yangi zamonaviy 26-sonli maktab binosining qurilishi xalqimizni quvonchiga cheksiz quvonch qoʼshdi va shahardagi maktablarning quvvati 1,4 koeffitsientga tushishiga erishildi.
Bundan tashqari, Investitsiya dasturi asosida 25-sonli maktabga 3 mlrd 680 mln. soʼm mablagʼ ajratilib, yangi qoʼshimcha oʼquv binosi qurildi.
Shaharda tashkil etilgan 2 ta xususiy maktablar ingliz tilini oʼrgatishga ixtisoslashtirildi.
Bundan tashqari, joriy yilda moddiy-texnika bazasi jahon standartlariga mos boʼlgan 40 mlrd. soʼmlik yangidan “Prezident maktabi” qurilib, foydalanishga topshirilishi ham yoshlarimizning kelajakda munosib kadrlar boʼlib yetishishiga muhim zamin yaratdi.
Shuningdek, yoshlarni boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish maqsadida shaharda tizimli ishlarni amalga oshirish boʼyicha aniq vazifalar belgilanib, taʼlim muassasalarini zarur musiqa, sanʼat, sport, kompьyuter jihozlari va kitoblar bilan taʼminlash uchun 434,0 mln. soʼm mablagʼ ajratildi.
2022 yilda ham umumtaʼlim maktablaridagi taʼlim-tarbiya jarayoniga alohida eʼtibor qaratilib, Termiz shahridagi "Barkamol avlod" bolalar maktabiga 150 oʼrinli yangi bino qurilishi belgilab olingan. Shuningdek, “Temurbeklar maktabi” binosini rekonstruktsiya qilish ishlari yakunlanib, hozirgi kunda foydalanishga topshirish uchun tegishli hujjatlari rasmiylash-tirilmoqda.
Termiz shahrida ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilib, 2 ta davlat (7- va 20-) umumiy oʼrta taʼlim maktablari Yapon va Nemis tiliga ixtisoslashtirildi.
Bundan tashqari, 2021 yilda 16-sonli umumtaʼlim maktabi Аxborot texnologiyalari faniga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabiga aylantirildi.
Shu bilan birga, 2021 yilning aprelь oyidan boshlab Termiz shahrida “Qurilish sohasiga malakali kadrlarni tayyorlash oʼquv markazi” tashkil etilib, 2021 yilning 1 aprelidan har 3 oyda 300 nafar (200 nafari yoshlar) xorijda ishlash istagi boʼlgan fuqarolarga qurilishning 14 ta yoʼnalishi boʼyicha kasblarga oʼrgatilib, chet tillariga oʼqitilishi yoʼlga qoʼyildi.
Taʼlim sohasida xususiy sektorga yaratib bergan imkoniyatlardan foydalanib, hozirgi vaqtda tadbirkorlarimiz tomonidan birgina Termiz shahrida xususiy oʼquv markazlari soni 50 tadan ortgan boʼlsa, ularning 20 tasi ingliz tilini, qolgan 30 tadan ortigʼi aniq, tabiy va gumanitar (matematika, fizika, biologiya, geografiya, tarix, onatili va adabiyot) fanlarini oʼqitishga ixtisoslashgan.
Ingliz tilini oʼqitishga ixtisoslashgan markazlardan birini misol keltirsam.
Shaharda nufuzli “Oksbridj” ingliz tilini oʼqitishga ixtisoslashgan oʼquv markazi bir necha yillardan buyon oʼz faoliyatini samarali olib bormoqda.
Ushbu oʼquv markazining rahbari (Erdanov Toshpoʼlat) Termiz davlat universiteti Xorijiy tillar fakulьtetida bakalavr va Buyuk Britaniya davlatining poytaxti London shahrida magistratura yoʼnalishlarini tamomlab, bugungi kunda yoshlarga ingliz tilini oʼrgatib kelmoqda.
Markazning 1000 nafardan ortiq oʼquvchilari bugungi kunga qadar АYLTS (IELTS) sertifikatlarini qoʼlga kiritgan boʼlsa, 300 nafardan ortigʼi chet ellarda tahsil olmoqda.
Hozirgi kunda ushbu tadbirkorimiz tomonidan 200 oʼrinli “Oksbridj” nomli yangi xususiy maktab binosini qurish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, hozirgi vaqtda Termiz shahrida 2 ta (“Boysun- Barakat-Imkon” va “Zvezda Vostoka”) xususiy maktab tashkil qilinib, ularda 281 nafar 1-9-sinf oʼquvchilari taʼlim-tarbiya olmoqda. Quvonarlisi, ushbu xususiy maktabni tashkil etgan “Boysun-Barakat-Imkon” xususiy maktabi rahbari tomonidan 360 oʼrinli xususiy yangi maktab binosi qurilmoqda.
Taʼlim-tarbiya inson kapitalini rivojlantirishning muhim omili ekanligini anglagan holda barcha taʼlim dargohlarida shahar hokimligi va masʼul tashkilotlar hamkorligida ishlab chiqilgan yoʼl xaritalari asosida ishlar muntazam tashkil etilmoqda. Shuningdek, Besh tashabbus doirasida “Sektor rahbari sovrini uchun” musobaqa va koʼrik tanlovlar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tizimli ravishda davom ettiriladi.

Matbuot anjumanida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.