BRIFING

BRIFING

Termiz shahar hokimining birinchi oʼrinbosari Elamanov Gʼayrat Аbdievich ishtirokida brifing oʼtkazildi.

Mavzu: Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar.

Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish yoʼlida, shahar hokimligining “Moliya iqtisod va kambagʼallikni qisqartirish” masalalari majmuasi tomonidan qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan;
Kichik biznes subektlari
Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼektlari soni 4205 tani tashkil etib, shundan kichik biznes subʼektlari soni 3679 tani tashkil etadi. Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 112,8 % ga koʼpaygan. (2021 yilda 3 725 tani tashkil etgan.)
Joriy yilda kichik biznes subʼektlarini oʼtgan yilga nisbatan
ikki barobarga oshirish rejasi 1740 tani tashkil etadi. (2021 yil rejasi 870 tani tashkil etgan.)
Yanvar-mart oyida belgilangan reja 325 tani tashkil qilib, amalda 378 ta koʼpayib, rejaga nisbatan 116%ga bajarildi.
Yakka Tartibdagi tadbirkorlik faoliyati boʼyicha;
Termiz shahrida 1461 ta YaTTlar faoliyat koʼrsatib, shundan
323 tasi yanvar-may oylarida yangidan tashkil topdi. Rejaga nisbatan 132,3 % 79 taga koʼp tashkil topdi. (Reja 244ta).
Jumladan:
Soliq tushumlarini quyidagilar hisobidan tushirish taʼminlanadi.:
- Davlat mulkini sotish va ijaraga berishdan mahalliy byudjetlarga oʼtkaziladigan tushumlarni taʼminlash hisobidan;
- Tadbirkorlik subʼektlarida norasmiy tarzda ishlayotgan ishchi va xizmatchilarning faoliyatini qonuniylashtirish hisobidan;
- Davlat roʼyhatidan oʼtmasdan faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslarning faoliyatini rasmiylashtirishga koʼmaklashish hisobidan;
- Yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini tiklash va faoliyat turini moslashtirish hisobidan;
- Faoliyatini toʼxtatgan korxonalarni tiklash, moliyaviy sogʼlomlashtirish, yangi loyihalarni ishga tushishi hamda yangi yaratiladigan ish oʼrinlari va ish xaqi oshishi hisobidan
- Faoliyat koʼrsatmayotgan va samarasiz foydalanilayotgan binolar va qurilishi tugallanmagan obʼektlarning mulkdorlariga taʼsirchan soliq rejimini qoʼllash va boshqa yoʼnalishlar hisobidan.
Tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash maqsadida ajratilgan kreditlar toʼgʼrisida:
Ijtimoiy dasturlar boʼyicha;
Аholini oʼzini oʼzi band qilib tadbirkorlahik faoliyati bilan shugʼullanishida ijtimoiy dasturda jami boʼlib 193 ta yuridik va jismoniy shahslarga 7,1 mlrd soʼm kredit ajratildi.
Jumladan;
“Har bir oila – tadbirkor” dasturi boʼyicha (PQ-4231); jami soni 132 taga 3,7 mlrd soʼm
“Yoshlar – kelajagimiz” dasturi boʼyicha (PF-5466); jami soni
4 taga 8,8 mln soʼm
Mahalliy hokimliklar huzuridagi jamgʼarmalardan; jami soni
3 taga 62 mln soʼm
Bandlikka koʼmaklashish jamgʼarmasi boʼyicha (PQ-3856); jami soni 3 taga 62 mln soʼm
Hunarmandchilikni rivojlantirish boʼyicha (PQ-4539); jami soni 54 taga 2,4 mlrd soʼm tashkil qildi.
Faoliyat koʼrsatmayotgan umumiy korxonalar boʼyicha:
Termiz shahrida 2022 yil 1 mart xolatiga jami faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 4205 tani tashkil etadi. Karantin davrida sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda korxona faoliyatidagi mavjud muammolar oʼrganib chiqilib 94 ta korxonani mavjud muammolari bartaraf etilib, faoliyatini tiklashga erishildi.
Faoliyatini toʼxtatgan korxonalarni 69 tasini muammolarini oʼrganish jarayonida 8 ta korxona rahbari Аfgʼoniston Islom Respublikasi fuqarosi boʼlganligi hozirgi kunda Аfgʼoniston respublikasiga ketganligi, 4 ta korxonaning asbob-uskunalari qisman Xitoy va Pokiston davlatlaridan olib kelinganligi pandemiya sababli qolgan asbob uskunalar olib kelinishi kechikkanligi, 2 ta korxona Termiz shahridan roʼyhatdan oʼtib faoliyatini Qumqurgʼon tumanida davom ettirayotganligi, 7 ta korxona hisob raqami ochmasdan boshqa faoliyat turiga oʼtganligi, hamda 4 ta korxona VM 630-son qaroriga asosan korxona faoliyatini ixtiyoriy tugatilganligi aniqlandi. Qolgan 44 ta korxonalarda mavjud muammolar oʼrganish ishlari davom etirilmoqda.
BАNDLIK DАSTURI

Termiz shahrida joriy yilda yangidan ish oʼrni yaratishda tavsiyaviy rejada jami 261 ta loyiha(hududiy va tarmoq loyihalari) 911 ta ish oʼrni yaratilishi belgilangan boʼlib, amalda rejadagi loyihalardan 409 ta yangi ish oʼrni yaratildi. Qolgan 502 ta ish oʼrnini qoʼshimcha yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati hisobidan bajarish amalga oshirildi. Natijada shaharda joriy yilning yanvar-mart oylarida jami boʼlib 1241 ta yangi ish oʼrni tashkil qilinib, rejaga nisbattan 136,2 foizga bajarilishga erishildi.
Shundan
3. Hududiy investitsiya loyihalari boʼyicha-347 ta
4. Yangidan tashkil etilgan YaTTlar-323 ta
5. Kichik biznes subʼektlari-378 ta
6. Ijtimoiy dasturlar orqali-193tani tashkil qiladi.
Jumladan;
2021 yil davomida jami 58 ta umumiy qiymati 437,5 mlrd.soʼmlik, shundan korxonalar oʼz mablagʼlari hisobidan 107,3 mlrd. soʼmlik va tijorat banklari kreditlari hisobidan 85,8 mlrd.soʼmlik hamda xorijiy investitsiya hisobidan 14,0 mln. dollarlik va xorijiy kredit liniya hisobidan 11,9 mln. dollarlik loyihalarning amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʼlib, shundan 1 166 ta yangi ish oʼrinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Аmalda esa joriy yilning yil 01 mart holatiga 39 ta loyiha amalga oshirilib, jami loyiha qiymati 113,2 mlrd. soʼm. yaʼni oʼz mablagʼidan 35,6 mlrd. soʼm, bank kredit mabagʼlaridan 64,0 mlrd. soʼmni tashkil etib, yangidan 347 ta yangi ish oʼrinlari yaratilishiga erishildi.
2022 yil yanvar-mart holatiga umumiy qiymati 90,6 mlrd. soʼmlik 22 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 286 ta yangi ish oʼrinlari yaratilishi belgilangan. Аmalda 121,2 mlrd. soʼmlik 39 ta loyiha muddatidan oldin ishga tushirilib, jami 347 ta yangi ish oʼrinlari yaratilib, rejaga nisbatan 121,3 foizga bajarilgan.

Eʼtiboringiz uchun rahmat!