Bugun xalqaro uloq-koʼpkari musobaqasining yarim final hamda final bahslari boʼlib oʼtadi

Bugun xalqaro uloq-koʼpkari musobaqasining yarim final hamda final bahslari boʼlib oʼtadi

Surxondaryo viloyatida ilk bor oʼtkazilayotgan xalqaro uloq-koʼpkari musobaqasining birinchi kunida Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabida xorijlik va mamlakatimiz chavandozlari jamoalarining maydonga tushishi qurʼa tashlash yoʼli bilan ochiq, oshkora aniqlab olindi.

Unga koʼra, musobaqaning saralash bosqichini «Oʼzbekiston-1» va Oʼzbekiston Milliy gvardiyasi huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi jamoalari boshlab berdi.

Bellashuv oldidan jamoalarga musobaqaning tartib-taomillari tushuntirildi. Ishtirokchilar hamda muxlislarga hakamlar va jamoalar aʼzolari tanishtirildi.

Bugun, soat 11:00 da xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimi boshlanadi. Soat 12:00 dan boshlab chavandozlar yarim final hamda final bahslarida ishtirok etadi va gʼolib jamoalar aniqlanadi. Musobaqa yakunida gʼolib va sovrindarlarni taqdirlash marosimi oʼtkaziladi.