Shahrimizda "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash" “Biz — ular bilan faxrlanamiz!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Shahrimizda "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash" “Biz — ular bilan faxrlanamiz!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar el-yurtimiz hayotida goʻzal anʼanaga aylandi. Oʻzaro suhbat va muloqotlarda mamlakatimizda inson omiliga yuksak eʼtibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir aʼzosiga gʻamxoʻrlik, mehr-oqibat koʻrsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani bot-bot taʼkidlandi. Yoshi ulugʻ otaxon va onaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida oʻz dil soʻzlarini, samimiy fikrlarini bildirdi. El-yurt ravnaqi yoʻlida mamlakatimiz rahbariga yaqin koʻmakchi, kamarbasta boʻlish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz oʻrtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi. Bugun kun sovuq bo'lishiga qaramay erta tongda Surxondaryo viloyati Termiz shahar 11506-harbiy qismda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 92-qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida "Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash" “Biz — ular bilan faxrlanamiz!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Tadbir davomida 80 yoshni qarshilagan nuroniy otaxonlarimiz yoshlarimiz bilan birgalikda xattoki sport musobaqalarida ham bellashishdi.
Keksalarning o‘gitlari yoshlarni chuqur bilim olishga, doim yaxshilik qilishga, yaxshi inson bo‘lishga ilhomlantirdi. Tadbir san’atkorlarning katta konserti bilan davom etdi. Albatta, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning ma’nan yetuk bo‘lib ulg‘ayishiga, urush va mehnat faxriylarining hayot maktabi bilan yaqindan tanishishiga xizmat qiladi. O‘tkazilgan tadbirlarda yoshlarga xos kuch-g‘ayrat, o‘rta va keksa avlod vakillarining boy hayot maktabi birlashdi. Shu asnoda xulosalar qilinib, ishtirokchilar o‘zlarining hayotiy tajribasi va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasidagi qimmatli mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Tadbir davomida el-yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgan uch avlod vakillaridan bir guruhiga Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tomonidan estalik sovg'alari topshirildi va tadbir so'ngida 11506-harbiy qismda bir piyola choy ustida suhbatlarini davom ettirishdi.