Termiz shahrida viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun yangi xonadonlar foydalanishga topshirildi

Termiz shahrida viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun yangi xonadonlar foydalanishga topshirildi
Termiz shahrida viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun qurib bitqazilgan yangi 15-ta xonadon, uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida 2021 yil 21 aprel kuni oʼz egalariga topshirilish marosimi tantanali tarzda tashkil etildi. Marosimda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Bobojonov Poʼlat Razzoqovich, Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi, polkovnik Ismoilov Аbduvohid Salomovich, Termiz shahar hokimligi, davlat va jamoat arboblari, OАV, Termiz shahar madaniyat boʼlimi hamda IIB soha faxriylari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Termiz shahar madaniyat boʼlimi ijodiy jamoasining koʼngillarni xushlovchi taronalari yangrab, yangi xonadon vakillarini xushnud qildi. Tadbir yakunida xonadon kalitlari egalariga topshirilgach, ramziy lentalar qirqilib, tadbir ishtirokchilari xonadonlarga tashrif buyurishib, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanish imkoniga ega boʼlishdi.