Kurash musobaqasida mutloq vazn boʼyicha gʼoliblar aniqlandi

Kurash musobaqasida mutloq vazn boʼyicha gʼoliblar aniqlandi

Surxondaryo viloyatida Navroʼz bayrami munosabati bilan tashkil etilgan katta kurash musobaqasida mamlakatimizning turli hududlaridan, shuningdek, qoʼshni respublikalardan tashrif buyurgan polvonlar turli vazn toifalari boʼyicha oʼzaro kuch sinashdi.

Mutloq vazn toifasida boʼlib oʼtgan bellashuvlar yakuniga koʼra:

Bekmurod Oltiboev (Shoʼrchi) - 1-oʼrin, 100 mln. soʼm;
Shohruh Mahmarasulov (Denov) - 2-oʼrin, 20 mln. soʼm;
Zohid Husainov (Uzun) - 3-oʼrin, 10 mln. soʼm;
Yahyo Imomov (Denov) - 3-oʼrin, 10 mln. soʼm pul mukofotini qoʼlga kiritdi.

Gʼoliblarga pul mukofotlari yozilgan sertifikatlarni viloyat hokimi Toʼra Bobolov topshirdi.