#Navro‘zi_olam_muborak!

#Navro‘zi_olam_muborak!

TERMIZ SHAHAR QO‘RG‘ONIDA TO‘Y-U TANTANA

Qalblardagi Navro'z zavqi fusunkor maydonlarga ko‘chdi. Bugun Termiz shahar qo‘rg‘onida “Navro‘z” bayramini madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar og‘ushida ko‘z o‘ngimizda bahorning ajib manzaralari, ona yurtimizning betimsol tarovati namoyon bo‘ladi.

Termiz shahar madaniyat bo‘limi xonandalari va folklor-etnografik jamoalarning rang-barang ashula va raqslari, sho‘x yallalarida Navro‘z ayyomining turfa xil va noyob qirralari namoyon bo‘lib, qo‘rg‘onga o‘zgacha tarovat baxsh etdi.