"MO‘JIZALAR OLAMI" JAMOASINING SHOUSI DAVOM ETMOQDA

"MO‘JIZALAR OLAMI" JAMOASINING SHOUSI DAVOM ETMOQDA

Tobora yaqinlashib kelayotgan “Navro'z” umumxalq bayrami munosabati bilan muxlis va muxlisalarini shod etib, maroqli hordiq onlarini ulashish, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Termiz shahar madaniyat bo‘limi qoshida tashkil etilgan “Moʻjizalar olami” havaskorlik fokus va illyuziya jamoasi shahardagi 16-sonli umumiy o'rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.

Termiz shahar hokimligining tashabbusi bilan shahar bo'ylab ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan va uyushmagan mahalla yoshlarini xushnud etib, vatanparvarlik ruhiyatini ko'tarish maqsadida o'zining fokus va illyuziyalari bilan xizmatda bo'layotgan jamoa rahbari Shohrux Xoliyorov “Bo'ston” mahallasi hududida joylashgan ushbu maktabda kam ta'minlangan oila farzandlari, uyushmagan yoshlar, ota-onalar va maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga qiziqarli va diqqatga sazovor chiqishlarini namoyish etib, muxlislariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Maroqli tomoshaga hamroh bo'lib, har bir tryuk va fokusni zavqu shavq bilan kuzatib borayotgan maktab o'quvchilari va mahalla yoshlari o‘z minnatdorchiliklarini davomiy olqishlar orqali bildirishdi.

Eslatib o'tamiz, dars jarayonlariga ta’sir etmagan va ixtiyoriy ravishda o‘quv smenalari almashinuvini qamragan holda tashkil etilgan, "Moʻjizlar olami" havaskorlik illyuzion jamoasining ko'ngilochar va juda qiziqarli bo'lgan chiqishlari shahar maktablari bo'ylab davom etmoqda.