TERMIZDA YOSH ASKARLAR VA HARBIY XIZMATNI O‘TAB BO‘LGAN ASKARLARNI TANTANALI KUTIB OLISH MAROSIMI O‘TKAZILDI

TERMIZDA YOSH ASKARLAR VA HARBIY XIZMATNI O‘TAB BO‘LGAN ASKARLARNI TANTANALI KUTIB OLISH MAROSIMI O‘TKAZILDI

Kecha 15 mart kuni Termiz shahridagi temir yo‘l vokzalida Surxondaryo viloyatiga muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun kelayotgan yosh askarlarni hamda respublikamizning boshqa hududlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi, viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi, Mudofaa vazirligi faxriylar ishlari bo‘yicha viloyat kengashi va O‘zbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar Surxondaryo viloyat kengashi hamda mudofaa vazirligi jamoatchilik kengashi viloyat bo‘limi a’zolari, mudofaa vazirligi harbiy pensionerlar va faxriylar hamda Termiz shahar Nuroniylar bo‘limi nuroniy otaxonlari va askarlarning ota-onalari yaqin qarindoshlari ishtirok etdilar.

Termiz garnizoni ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestr jamoasining vatanni madh etuvchi qo‘shiqlari hamda Termiz shahar madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan vatanni madx etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Ushbu tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.