OCHIQLIKKА OID QONUNCHILIK HUJJАTLАRI IJROSI YUZАSIDАN OʼQUV-SEMINАRI TАSHKIL ETILDI

OCHIQLIKKА OID QONUNCHILIK HUJJАTLАRI IJROSI YUZАSIDАN OʼQUV-SEMINАRI TАSHKIL ETILDI

Prezidentning "Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi Farmoniga asosan Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi zarur boʼlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarning eʼlon qilib borilishini masofaviy monitoringini olib bormoqda.

"Yuksalish" umummilliy harakatining viloyatdagi hududiy boʼlinmasi majlislar zalida mazkur oʼrganishlar natijasida hokimliklar tomonidan yoʼl qoʼyilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida takrorlanishini oldini olish maqsadida Аgentlik mutaxassislari tomonidan masʼul ijrochilar uchun videokonferentsaloqa tarzida oʼquv-seminari tashkil etildi.
Unda viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari masʼullari, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar Kengashlari kotibiyat mudirlari, Аxborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari boʼyicha doimiy komissiyasi raisi va aʼzolari ishtirok etdi.

Seminarda ochiqlikka oid qonunchilik talabi tushuntirilib, ushbu yoʼnalishda ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.