"Assalom, Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!"

"Assalom, Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!"

Bahor fasli kelishi bilan yurtimizda yana bayramlar boshlanib ketdi.

Xalqimiz Navro‘zni yil davomida kutadi, yaxshi kayfiyatda, yaqinlari, mahalla-ko‘y bilan nishonlashni istaydi.
Кuni kecha Termiz shahridagi "Manguzar" mahallasida ham yaqinlashib kelayotgan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan, xalqimizga xos an’ana va qadriyatlardan biri bo‘lgan sumalak sayli ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Shuningdek, mahallada doshqozonda osh pishirilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatildi.

Bayram sayllari shahardagi barcha mahallalarda davom etmoqda.