"MO‘JIZALAR OLAMI" JAMOASINING SHOUSI DAVOM ETMOQDA

"MO‘JIZALAR OLAMI" JAMOASINING SHOUSI DAVOM ETMOQDA

Kecha, 11-mart kuni Termiz shahar madaniyat bo‘limi qoshida tashkil etilgan “Moʻjizalar olami” havaskorlik illyuzion jamoasining navbatdagi ko‘ngilochar dasturi shahrimizdagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi.
Maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchi yoshlar va mahallaning uyushmagan yoshlariga bahoriy kayfiyat ulashish maqsadida, ularning maroqli dam olishlari uchun jamoa rahbari Shohruh Xoliyarovning har bir fokus va illyuzion chiqishlari muxlislarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbir yakunida ko‘ngilochar tomoshaga tashrif buyurganlar, ayniqsa yoshlar hamda ota-onalar o‘z minnatdorchiliklarini davomiy olqishlari orqali bildirishdi.
Mazkur tadbir maktab dars jarayonlariga ta’sir etmagan holda, ixtiyoriy ravishda o‘quv smenalari almashinuvi jarayonida tashkil etilmoqda, shuningdek, ushbu "Moʻjizlar olami" havaskorlik illyuzion jamoasining navbatdagi chiqishlari shahar maktablari bo‘ylab davom etadi.