SEKTOR RAHBARLARI VA MAHALLALARDAGI YOSHLAR YETAKCHILARI UCHRASHUVI

SEKTOR RAHBARLARI VA MAHALLALARDAGI YOSHLAR YETAKCHILARI UCHRASHUVI

Bugun, Termiz shahridagi San’at saroyi hovlisida shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev boshchiligida sektor rahbarlari va mahalladagi Yoshlar yetakchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 37 ta mahalladagi Yoshlar yetakchilarga zarur shart-sharoitlar yaratish va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida ularga zamonaviy kompyuter to‘plami, modem va mebel jihozlari berildi. Ushbu jarayonda bayram munosabati bilan shahar madaniyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Ilxom Saparov ishtirok etdi.