Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Bugun, Termiz shahar "Bog'ishamol" mahallasida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi yangi mini market va 3 tilda o‘qitish o'quv kursi markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirdan so‘ng sahovat dasturxoni yozilib unga mahallaning nuroniylari taklif etildi. Shuningdek “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” doirasida mahallasi raisi, hokim yordamchisi va mahallada xotin-qizlar bo'yicha rais o'rinbosari birgalikda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan mahallada istiqomat qiluvchi nuroniy onaxonlar holidan xabar olishdi va bayram bilan qutlab homiylik sovg‘alarini yetkazib berishdi.