Davlat organlari va tashkilotlariga kadrlarni tanlash va ishga qabul qilishning ochiq tanlov tizimi

Davlat organlari va tashkilotlariga kadrlarni tanlash va ishga qabul qilishning ochiq tanlov tizimining yoʼlga qoʼyilishi bu — korruptsiyaga qarshi kurashishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan yangicha yondashuv asosida kadrlarni tanlashda eski usullardan voz kechib, ularning intellektual salohiyatini, maʼnaviy fazilatlarini baholaydigan ochiq va oshkora tanlov tizimi joriy etildi.

52 mingdan ziyod ochiq tanlov, 620 mingdan ortiq nomzod, 20 ming gʼolib — yangi tizimning ayni kundagi natijalaridir.

Ushbu videoaxborotda portalning ishlash mexanizmi haqida bayon etilgan.