Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Termiz shahrida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Termiz shahrida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Botir Mardaev Termiz shahridagi mahallalarda yurib, aholi vakillari bilan uchrashib, ularning murojaatlari va takliflarini tinglab, yechimi yuzasidan muloqot qildi. Fuqarolarning murojaatlari boʼyicha “Tinchlik” va “Guliston” mahallalarida asfalьtlash masalasi belgilangan chora-tadbirlar asosida ijobiy hal etiladigan boʼldi.

Shuningdek, deputat shahardagi qurilishi davom etayotgan ijtimoiy soha obʼektlari, xususan, Аfgʼonistonlik investor tomonidan qurilayotgan zamonaviy mehmonxona va uy-joy qurilishi, xususiy maktab qurilishi bilan tanishdi. Jarayon davomida mahalliy tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish korxonasi “Dream silk shoes” (poyabzal ishlab chiqarish) masʼuliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishdi. MChJ rahbarlari bilan suhbat jarayonida deputat Yangi Oʼzbekistonning 2022-2026 yillarga moʼlajallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar haqida toʼhtalib, unda tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash va ishlab chiqarishni yanada kengaytirish borasida katta imkoniyatlar berilganligi toʼgʼrisida fikrlarini oʼrtoqlashdi.