TERMIZ SHAHRIDA ZAKOVAT O'YINLARI OMMAVIY HARAKATGA AYLANTIRILDI

TERMIZ SHAHRIDA ZAKOVAT O'YINLARI OMMAVIY HARAKATGA AYLANTIRILDI

Shahrimiz yoshlaridagi ilmga intilish va intellektual salohiyatni inobatga olib, Termiz shahrida “Zakovat” o‘yinlari ommaviy ma’rifiy harakatga aylantirilmoqda.

Bugun Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti o‘tqazilgan Zakovat intellektual final o‘yini qizg‘in baxs va munozaralarga boy bo‘ldi. Finalda 8 ta jamoa vakillari o’z bilim salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

O‘yin yakunlariga ko‘ra 3-o‘rin «Bog'zor» jamoasiga, 2-o‘rin "Temir yo'lchi" jamoasiga, 1-o‘rin esa "Majnuntol" mahallasi yoshlari g'alaba qozondi.
Murosasiz bahslarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bilimdonlarga Yoshlar ishlari agentligi shahar bo'limi boshlig'i va 3-sektor rahbarining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.