Termiz shahrida “HOKIM KUBOGI” sport musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Termiz shahrida “HOKIM KUBOGI” sport musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, 24-fevral kuni Termiz shahridagi 26-sonli maktabda “Besh tashabbus” ijrosi doirasida sport musobaqalari o‘tkazilgan edi. Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa mahallalardagi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida sportning voleybol, stol tennisi, shashka, shaxmat, arqon tortish, armrestling, tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha “HOKIM KUBOGI” uchun sport musobaqalarining final bosqichida bellashdilar. Sportning yetti turi bo‘yicha o‘tkazilgan final bosqichi qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy ruhda bo‘lib o‘tdi. Yakunda g‘olib jamoalarga estalik sovg‘alar va diplomlar topshirildi.