BRIFING

BRIFING

Termiz shahar hokimining oʼrinbosari Bunyod Joʼraev ishtirokida “Koʼp qavatli uylarda yashovchi fuqarolarga shirkatlar tomonidan sifatli xizmat koʼrsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida brifing oʼtkazildi

Shahar hokimining oʼrinbosari Bunyod Joʼraevning “Koʼp qavatli uylarda yashovchi fuqarolarga shirkatlar tomonidan sifatli xizmat koʼrsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisidagi axboroti.

Termiz shahrida jami 686 ta koʼp xonadonli uy-joylar mavjud boʼlib, shulardan 414 tasi 1991 yilgacha qurilgan uylar tashkil etadi. Shu kunga qadar shahardagi ushbu koʼp qavatli uy-joylarni 32 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan boshqarib kelinayotgan edi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi "Koʼp kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida" PQ-5152-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida shahardagi koʼp qavatli uy-joylarga zamonaviy va sifatli kommunal xizmatlar koʼrsatishni tizimli ravishda tashkil qilish uchun ogʼir toifadagi XUJMShlarni tugatib uning negizida 15 ta yangi Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan qamrab olinib, xizmat koʼrsatilmoqda.
Ushbu boshqaruv tashkilotlari XUJMSh dan farqli ravishda maʼmuriy binolari, 24 soatlik rejimda ishlaydigan dispechcherlik xizmati, maxsus avtomashinalar, avariyani bartaraf etish uchun xodimlar bilan toʼliq taʼminlanganligi bilan ajralib turadi.
Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi "Koʼp kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish tugʼrisida"gi PQ-5152-son qarorining 6-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida 2021 yilda Surxondaryo viloyatidagi koʼp kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy taʼmirlash boʼyicha MАNZILLI roʼyhat ishlab chiqilib, (1-bosqich) "Bogʼishamol" MFY “Аlisher Navoiy” koʼchasi 19-uy tom qismi, (2-bosqich) "TuronMFY Beruniy koʼchasi 2V-uy, ‘Bogʼishamol" MFY А.Navoiy koʼchasi 13А-sonli tom qismi mukammal taʼmirlash ishlari tugatildi (3-bosqich), Shifokor MFY K.Behzod koʼchasi 123-sonli, “Jayhun” MFY Baxt koʼchasi 1-sonli, “Doʼstlik” MFY А.Navoiy koʼchasi 22-sonli koʼp qavatli uylarni tom qismi koʼp qavatli uylarni taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning yanvar va fevral oyida shahar hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 15 ta BSK tashabbuslari bilan 3 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt koʼchatlarni ekish ishlarini jadallik bilan olib borilmoqda.