TERMIZ SHAHRIDA 5 TASHABBUS DOIRASIDA “HOKIM KUBOGI” SPORT MUSOBAQASIGA START BERILDI

TERMIZ SHAHRIDA 5 TASHABBUS DOIRASIDA “HOKIM KUBOGI” SPORT MUSOBAQASIGA START BERILDI

Bugun, Termiz shahridagi 26-sonli maktabda “Hokim kubogi” sport musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimni shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev ochib berib, yurtimizda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar va olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida gapirib, yoshlarni har sohada faol bo‘lishga chorladi.

Shundan so‘ng besh tashabbus ijrosi doirasida mahallalardagi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida sportning voleybol, stol tennisi, shashka, shaxmat, arqon tortish, armrestling, tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha “HOKIM KUBOGI” uchun sport musobaqalariga start berildi. Barcha sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar bir-biridan qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida ertaga 25-fevral kuni soat 14:00 da mazkur maktabda ushbu sport musobaqasining yarim final va final bosqichlari o‘tkaziladi. Barcha hamshaharlarimizni qizg‘in musobaqaning final bosqichini kuzatishlari uchun chorlab qolamiz.

Termiz shahridagi eng so‘ngi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz bizni kuzatishda davom eting.

Termiz shahar hokimligining Matbuot xizmati