Inson aziz-xotira barhayot

Inson aziz-xotira barhayot
Termiz Davlat Universiteti Pedagogika institutida Yoshlar bilan ishlash, Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashabbusi hamda Yoshlar Ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti hamkorligida 9 may- Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan "Inson aziz-xotira barhayot" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat Tarix va madaniyat muzeyi xodimlari va Vatanimiz sarhadlarini 2000 yil Sariosiyo va Uzun tumanining tog‘li hududlarida terroristlardan tozalashda ishtirok etgan veteran harbiylar va baynalmilalchi jangchilar ishtirok etishdi.
Harbiylar tomonidan Vatanparvarlikni, inson xotirasini madh etuvchi jangovor qo‘shiqlar kuylandi. Ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib munosib o‘rinlarni egallagan talabalarimizga Diplomlar va Faxriy Yorliqlar hurmatli mehmonlar tomonidan topshirildi.