BRIFING

BRIFING

Termiz shahar hokimining oʼrinbosari Bunyod Joʼraev ishtirokida “Shahar hududida zamonaviy yoʼl va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish yoʼlida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida brifing oʼtkazildi

Shahar hokimining oʼrinbosari Bunyod Joʼraevning “Shahar hududida zamonaviy yoʼl va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish yoʼlida amalga oshirilayotgan ishlar” toʼgʼrisidagi axboroti.


Termiz shahrida yoʼl qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida soʼz yuritadigan boʼlsak, shu oʼrinda istiqboldagi vazifalarni taʼkidlash joyiz, shahrimizdagi jami avtomobilь yoʼlining uzunligi 411,0 kilometrni tashkil etadi. Shundan umumfoydalanuvdagi avtomobilь yoʼli 42,7 kilometr, ichki xoʼjaliklararo avtomobilь yoʼli esa 368,3 kilometrga yetadi.

Joriy yilning dastlabki kunlaridan shahardagi mavjud avtomobilь yoʼllari qayta xatlovdan oʼtkazib chiqildi, shundan umumfoydalanuvdagi avtomobilь yoʼlining 19,3 kilometr qismi yoki umumiy yoʼlning 45,6 foizi, ichki xoʼjalik yoʼllarining esa, 157,4 kilometr qismi yoki umumiy yoʼlning 42,7 foizi taʼmirtalab ahvoldaligi maʼlum boʼldi.

Аlohida davlat dasturiga kiritilmagan bu taʼmirtalab tuproq yoʼllarni talab darajasida taʼmirdan chiqarish maqsadida zarur yoqilgʼi, texnika va ishchi kuchi masalalarini hal qilgan holda, joriy yilning hozirga qadar shaharning "Pattakesar" mahallasi xududida 3 kilometr masofadagi tuproq yoʼlini shagʼallashtirish ishlari amalga oshirildi.
Oʼtgan 2021 yilning oʼzida shahar hududidagi 6 kilometrga yaqin umumfoydalanuvdagi avtomobilь yoʼli qayta qurilib, foydalanishga topshirildi.

Аvtomobilь yoʼllarini toʼla taʼmirlash dasturiga muvofiq oʼtgan yilda 43,9 kilometr ichki yoʼl asfalьtlashtirildi va bu borada yillik reja 109 foizga bajarilib, 25,0 milliard soʼmlik mablagʼlar oʼzlashtirilishi hisobiga qariyb 50 kilometrga yaqin avtomobilь yoʼlining ravonligi yaxshilandi.

Shaharda tirbandliklarning oldini olish maqsadida hududdagi 8 ta zamonaviy svetofor qurilmali chorrahalarga oʼrnatildi. Shuningdek, Sulton Saodat majmuasi ziyoratgohiga olib boruvchi avtomobilь yoʼlining2 kilometri qayta rekonstruktsiya qilindi.
Аvtomobilь yoʼllarida yoʼl-transporti hodisalarining oldini olish uchun shahardagi yoʼl belgilari yangi intensiv, nur qaytaruvchi zamonaviy yoʼl belgilariga almashtirildi. Shahar aholisiga qulaylik yaratish maqsadida, bir qator piyodalar oʼtish joylariga yoritish chiroqlari va statsional kameralar oʼrnatildi. Yoʼllar va koʼchalarning ravonligi yaxshilangani barobarida tungi yoritish chiroqlari, velosiped yoʼlaklari va piyodalar yoʼlaklari qurildi.

Shahardagi avtomobilь yoʼl qismlarida jami 9 ta koʼprik mavjud boʼlib, ularning asosiy qismi zamonaviy ogʼir yuk koʼtaruvchi avtomobillar qatnoviga moʼljallab qurilmaganligi, koʼpchiligining xizmat muddati oʼtib ketganligi sababli ayni kunda mavjud koʼpriklarning 3 tasi taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan. Ohirgi 5 yil davomida shahardagi 4 ta koʼprik qayta taʼmirlandi.

Hurmatli Prezidentimizning tashabbusi bilan hayotga izchil tatbiq etilayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari bugungi kunda shahar hududida barpo etilayotgan zamonaviy uy-joylar, taʼlim muassasalari, dam olish maskanlari-yu, qator xizmat koʼrsatish shoxobchalarining yangicha qiyofasida oʼzining yorqin ifodasini topmoqda.

Bu borada har yili “Obod mahalla” dasturiga muvofiq alohida mahallalarda yoʼl-transport infratuzilmasi, muhandislik–kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obʼektlarini rivojlantirish boʼyicha dasturning amalga oshirish borasida, birgina shaharning “Dilnavo” va “Navbogʼ” koʼchalarida 4,2 km piyodalar va veloyoʼlaklar qurilishi hamda shahar aholisining doimiy salomatligini taʼminlash maqsadida, 7 km.dan ortiq salomatlik yoʼlaklari barpo etilib, foydalanishga topshirilishi soʼzimizning yaqqol isboti ekanligini ifodalaydi, deb oʼylayman.
Bugungi kunda erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklarimiz ham yetarli darajada deb uylayman, bu borada ushbu ishlarni uzviy davom ettirish maqsadida, joriy yilda Termiz shahrida zamonaviy avtomobilь yoʼllarini barpo etish maqsadida 11,1 km umumfoydalanuvdagi avtomobilь yoʼllarini rekonstruktsiya qilish hamda shahar xududida avtomobillarning tirbandligini oldini olish maqsadida, “Islom Karimov” va “Fidokor” koʼchalarini bogʼlovchi 800 metr uzunlikdagi yangidan avtomobil yoʼli qurilish ishlari boshlab yuborildi, bundan tashqari ichki avtomobilь yoʼllarini taʼmirlash dasturi tasdiqlanishi shahar mahallalardagi taʼmirtalab ichki koʼchalarining 38 km taʼmirlanishiga erishiladi.

Eʼtiboringiz uchun rahmat !!!