RASMIY MUNOSABAT

Rasmiy munosabat

 

Joriy yilning 7-fevral kuni itimoiy tarmoq orqali Termiz shahri “Kattabog‘” mahallasi Yaxshilik ko‘chasi bir necha yillardan beri bir necha bor qilingan murojaatlarga qaramasdan mutasaddilarning e’tiboridan chetda qolayotganidan arz qilingan” murojaat yo‘llangan. Ushbu murojaat yuzasidan Termiz shahar hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Termiz shahrining "Kattabog‘" mahallasi xududida 8 ta ichki ko‘chalar mavjud bo‘lib, ushbu ko‘chalarning umumiy uzunligi 6,3 km.ni tashkil etadi, shundan 950 metr yaьni Yaxshilik ko‘chasi xaqiqatdan ham ta’mir-talab holatda ekanligi bois 2022 yil "Ichki yo‘llarni ta’mirlash" dasturi platformasiga taklif berilganligi, ushbu dastur tasdiqlanib, mablag‘ ajratilgandan so‘ng joriy yilning 2 va 3-choraklarida manzilli ro‘yxat asosida asfaltbeton ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, ushbu xududdagi fuqarolarning yog‘ing‘archilik vaqtlarida loy ko‘chalardan harakatlanmasliklarini inobatga olgan holda tosh (GPS) to‘shab berish choralari ko‘rilishini ma’lum qilamiz.