MUNOSАBАT

MUNOSАBАT

“Surxondaryo suv taʼminoti” MChJ Facebook ijtimoiy tarmoqlarida “Fayzi fayz” taxallusli foydalanuvchi tomonidan Termiz shahri “Turon” MFY hududidagi koʼp qavatli uylarda ichimlik suv taʼminotida boʼlayotgan uzilishlarni bartaraf etish borasida mutasaddi rahbarlardan amaliy yordam soʼrab yoʼllagan murojaati yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.


“Surxondaryo suv taʼminoti” MChJ va Termiz shahar hokimligining mutasaddi rahbarlaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, “Turon” MFY hududidagi koʼp qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashgan holda suv taʼminotida yuzaga kelayotgan uzilishlar va nosozliklarni oʼrganish maqsadida ushbu mahallada boʼlishdi.


Mazkur murojaatni bartaraf etish borasida ishchi guruh tomonidan tamirlash-butlash ishlari olib borilib, qisqa vaqt ichida muammolar bartaraf etilishini maʼlum qilamiz.


"Surxondaryo suv taʼminoti" MChJ axborot xizmati