XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Bugun xalq deputatlari Termiz shahar kengashining 44–sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada shahar Kengashi deputatlari, aloqador korxona va tashkilotlar, sektor rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiyani xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi Isroil Xudayberdiyev boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibiga muvofiq, dastlab Termiz shahar hokimining xotin-qizlar masalalari buyicha maslahatchisi, shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Kenjayevaning “Ayollar daftari”ni shakllantirishning 3-bosqich bo‘yicha xatlov yakunlari va “Ayollar daftari”ni shakllantirish bo‘yicha hisoboti tinglandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i D.X.Abdullayevning axboroti, “Termizshahargaz” gaz ta’minoti korxonasi boshlig‘i X.Berdimuratov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 sentyabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4840-sonli qarori, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari, gaz ta’minoti tizimini 2021 yil yakunining ijrosi to‘g‘risida hamda Termiz shahar Adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil IV chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Jabborovlarning ma’ruzalari tinglandi.
Sessiyada yakunida kun tartibiga qo‘yilgan 9 ta masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.