HOKIM VA HOKIM YORDAMCHILARI UCHRASHUVI

HOKIM VA HOKIM YORDAMCHILARI UCHRASHUVI
Bugun, Termiz shahar hokimi Guliston mahallasidagi 1-sektor binosida hokim yordamchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda tegishli mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Uchrashuv hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish aholini qiynayotgan muammolar, takliflar hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga bag‘ishlandi. Yakunda shahar hokimi tomonidan mas’ul tashkilot rahbarlariga yuqoridagi masalalarni ijobiy hal etilishi va ishlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha aniq topshiriqlar, ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.