"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy"

"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy"
Termiz shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi
"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" doirasida Termiz shahar "Chegara"mahallasida mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ma’nviy-ijtimoiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan birgalikda o‘quv seminar o‘tkazildi.
Seminarda xotin-qizlar muammolari, ularga qonuniy yechim topish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Jumladan, "Ayollar daftari", "Temir daftar"ga kiritilgan oilalar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida 2021-yil 23-noyabrda qabul qilingan PQ-20-son Qaror asosida Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga ko‘mak berish hamda xotin-qizlarga doir huquqiy tushunchalar berildi.