“BIR ZIYOLI – BIR MАHАLLАGА MАЪNАVIY HOMIY” TАMOYILI АMАLDА

“BIR ZIYOLI – BIR MАHАLLАGА MАЪNАVIY HOMIY” TАMOYILI АMАLDА


Maʼlumki, 2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanib, bu borada davlat dasturi qabul qilindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2021 yil 19 yanvarь kuni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʼyicha oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida Oʼzbekistonda har bir mahallaga “Bir ziyoli – bir mahallaga maʼnaviy homiy” tamoyili asosida professor-oʼqituvchi va taniqli ziyolilar biriktirildi.
Jumladan, Termiz shahridagi barcha mahallalarga Termiz davlat universiteti va Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz filialining professor-oʼqituvchilari maʼnaviy homiy etib biriktirilgan. Bugun, Termiz shahar hokimligida oʼtkazilgan yigʼilishda Termiz davlat universiteti va shahardagi mahallalar bilan hamkorlikda bajarilishi lozim boʼlgan vazifalar va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.