Sayyor qabul

Sayyor qabul
Kecha Tuproqqo‘rg‘on mahallasida aholining muammo, taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida, yosh ijodkor Yulduz Ergashevaning kitobi chop etilishida amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, tegishli tartib asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandining 50 foiz kontrakt pullari to‘lab beriladigan hamda Xusniya Safarovaga farzandini davolatish uchun bir martalik moddiy yordam beriladigan bo‘ldi.
Yana bir fuqaroning o‘zi tomonidan raqs to‘garagini tashkil etish borasidagi murojaati ijobiy hal etilib, 12-maktab binosidan alohida xona ajratilishi hamda maktabga to‘garaklar faoliyati uchun cholg‘u asboblari olib berish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Tashkil etiladigan to‘garakka “Ayollar”, “Yoshlar” va “Temir daftar” ga kiritilgan oila farzandlari imtiyozli ravishda to‘garakka jalb etilishi belgilandi.
Ayrim murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, ijrosi muddat talab etadigan masalar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi hamda ijrosini o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha shahar hokimi tomonidan mas’ullarga qat’iy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.