Rasmiy_munosabat

Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoq orqali “Termiz shahar Manguzar mahallasida joylashgan “Do‘stlik” stadioni buzilib, qarovsiz tashlab qo‘yilganidan” shikoyat qilingan murojat yo‘llangan.
Ushbu holat yuzasidan shahar hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi. Muqaddam Termiz tumani hududiga kirgan “Manguzar” mahallasi ayni paytda shahar tarkibiga o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlari hisobidan 2022-yilda amalga oshirilishi nazarda tutilgan qurilish va ta’mirlash ob’yektlarining loyiha smeta xujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi 130-sonli majlis bayonining 26-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida "Manguzar" mahallasi hududidagi stadion o‘rnida, Kurash mahorat sport maktabi (176 o‘rinli o‘quv binosi, 150 o‘rinli yotoqxona, 24x42 m. o‘lchamdagi sport zal, stadion va oshxona) qurilishi belgilangan.
Bugungi kunda, Surxondaryo viloyat Turizm va sport boshqarmasi tomonidan “Kurash mahorat sport maktabi”ning loyiha-smeta xujjatlari amalga oshirilayotganligini ma’lum qilamiz.