PROKURATURA TOMONIDAN QURULISH NAZORATI

Viloyatimizdagi shahar va tumanlar hamda olis hududlar infratuzilmasini tubdan yaxshilash, aholiga qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Dasturga muvofiq joriy yilda barcha tarmoqlar bo‘yicha 124 ta loyiha doirasida 1 trln 102,1 mlrd so‘mlik qurilish, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ayni maqsadga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosli sarflanishi, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun viloyat prokuraturasi shtabi tashkil etilgan. Xo‘sh, ishchi guruh tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?