Mehrobod mahallasida “HOKIM VA YOSHLAR" UCHRASHUVI o‘tkazildi

Mehrobod mahallasida “HOKIM VA YOSHLAR" UCHRASHUVI o‘tkazildi
"Biz zamonaviy uchrashuv binolaridan voz kechib, mahalla ko‘chalari, xonadonlarda xalq bilan xamnafas bo‘lib uchrashishimiz kerak"- I.XUDOYBERDIYEV
Bugun, "Mehrobod" mahalla fuqarolar yig‘inida Termiz shahar hokimi, 1-sektor rahbari Isroil Xudoyberdiyev boshchiligida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda1-sektorga qarashli 9 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 40 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, ular tomonidan muammo va takliflar bildirildi.