“Vatanparvar” tashkiloti tashkil topganligining 30 yilligi

Oʼzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti nufuzini yanada oshirish, yoshlar va fuqarolarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholini ommaviy texnik kasblarga sifatli tayyorlash, sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish va ommalashtirish ishida faol va fidokorlik namunasi koʼrsatib kelayotganligi uchun
Termiz shahar hokimi Xudoyberdiev Isroil Burievichni Oʼzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan “Vatanparvar” tashkiloti Markazy kengashi raisi buyrugʼiga asosan ““Vatanparvar” tashkilotiga 30 yil” estalik belgisi bilan "Vatanparvar" tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi raisi Zufarjon Yusupov tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.