Surxondaryoda osoyishta hayotimiz posbonlari sharaflanmoqda

Surxondaryoda osoyishta hayotimiz posbonlari sharaflanmoqda
Termiz shahridagi Sanʼat saroyida boʼlib oʼtayotgan tantanali tadbirda Prezidentimizning Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigini Surxondaryo viloyat hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Toʼra Bobolov oʼqib eshittirdi.
Soʼnggi yillarda qurolli kuchlarimiz tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar tinch, obod hayotimizni taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʼmondoni Shavkat Mirziyoev gʼoyasi bilan davlatimizning harbiy-siyosiy masalalar boʼyicha qatʼiy pozitsiyasini ifoda etadigan Mudofaa doktrinasi ishlab chiqilgani bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishda muhim omil boʼlayotir. Bu jarayonda joylarda harbiy-maʼmuriy sektorlar tashkil etilgani mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini yuritib, armiya va xalq birligini taʼminlash va hududiy mudofaa masalalarini yechishda hal qiluvchi organ vazifasini oʼtamoqda.
Mamlakatimiz janubidagi Surxondaryo viloyatida ham harbiy-maʼmuriy sektor yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qoʼshinlarning kundalik faoliyatini samarali tashkil etish, harbiy xizmatchilar va ular oilasining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda harbiy shaharchalar, poligonlar infratuzilmasini rivojlantirishda harbiy tuzilmalar komandirlariga yaqindan koʼmaklashmoqda.
Tantanali tadbirda bir guruh harbiy xizmatchilar viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.
Qurolli Kuchlar orkestr va ansamblь jamoalari, sanʼat ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokidagi kontsert dasturi barchaga manzur boʼlmoqda.