Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan harbiy-vatanparvarlik paradi bo‘lib o‘tdi

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan harbiy-vatanparvarlik paradi bo‘lib o‘tdi
Termiz shahrida Motamsaro Ona haykali poyiga gullar qo‘yish bilan boshlangan Vatan himoyachilari kuni bayram tadbirlari “Navbahor” ko‘chasi bo‘ylab vatanparvarlik marshi sadosi ostida ofiser va askarlarning jangovar safda yurishi hamda zirhli harbiy texnikalar harakatlanishi namoyishiga ulanib ketdi.
Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotiga qarashli harbiy va sport avtomobillari, viloyatimizdagi harbiy qismlar askar va zobitlari, harbiy texnikalar, shuningdek, Milliy gvardiya, ichki ishlar, mudofaa va favqulodda vaziyatlar boshqarmalari askar va zobitlarining yurishi keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.