TERMIZ SHAHRIDA VATAN HIMOYACHILARI XOTIRLANDI

TERMIZ SHAHRIDA VATAN HIMOYACHILARI XOTIRLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Termiz shahrida qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Bugun, Termiz shahridagi 12-13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2000-yil Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tog‘larida joylashib olgan ekstremistik terroristlarni yo‘q qilish chog‘ida mardlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar Abdullayev Farxod Shoazimovich va Husanov Gʻulomjon Choriyevichlarning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.