Termiz shahridagi maktab o‘quvchilari uchun diqqatga sazovor joylarga sayohat davom etmoqda.

Termiz shahridagi maktab o‘quvchilari uchun diqqatga sazovor joylarga sayohat davom etmoqda.
Termiz shahridagi maktab o‘quvchilari uchun diqqatga sazovor joylarga sayohat tashkil etildi. Termiz shahri umumta’lim maktablarining 850 nafardan ortiq o‘quvchilari uchun shahrimizdagi diqqatga sazovor joylar, ko‘ngilochar maskanlar hamda tarixiy obidalarga sayohat tashkil etildi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonida 2021-yil 30-dekabrdagi videoselektr yigʻilishidagi ta’til kunlarida yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha berilgan topshirigʻini amaldagi ijrosi yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan tashkil etildi.
Mazkur tadbirda oʻquvchilar dastlab Al-Hakim At-Termiziy ziyoratgohiga tashrif buyurishdi. Tadbir shahrimizdagi muhtasham "Qoʻgʻirchoq teatri" da davom etdi. "Qoʻgʻirchoq teatri" da o'quvchilar qiziqarli chiqishlarni tomosha qilishdi. Tadbir Termiz sharhridagi Hayvonot bog'ida davom etdi.