Termiz shahridagi bir guruh yoshlar ishtirokida sayohatlar tashkil etildi

Termiz shahridagi bir guruh yoshlar ishtirokida sayohatlar tashkil etildi

 

Termiz shahar 9- Sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabida "Yoshlarni qoʼllab - quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" davlat dasturi doirasida yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil yetish boʼyicha tashkil yetilgan diqqatga sazovor joylarga sayohat uyushtirildi.

Sayohatga 9-"V","G" sinf oʼquvchilari maktab psixologi Nodira Xudoynazarova bilan birgalikda “ZIF TEKSTIL” kombinatiga borishdi.

 

Shungdek, shahrimizdagi 11-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabida Yoshlarni boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish maqsadida Termiz shahar hokimligi rejasi asosida "Adib Sobir Termiziy" nomidagi Surxondaryo viloyat Axborot-kutubxona markaziga sayohat uyushtirildi.

Yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu sayohat yoshlarda katta qiziqish uygʼotib, ularning quvonchiga-quvonch qoʼshdi.