NAVBATDAGI SESSIYA BO‘LIB O‘TDI

NAVBATDAGI SESSIYA BO‘LIB O‘TDI
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi qirq ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Termiz shaharning 2022-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining hamda doimiy komissiyalarining 2022-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Ne’matullayeva Jamila Xushvaxt qizini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya davomida kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.