FIDOKOR-2021 MUKOFOTINING TANTANALI TAQDIRLASH MAROSIMI O‘TKAZILDI

FIDOKOR-2021 MUKOFOTINING TANTANALI TAQDIRLASH MAROSIMI O‘TKAZILDI
Bugun, muhtasham San’at saroyida Termiz shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan va 2017 yildan boshlab an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Fidokor-2021” mukofotining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirishda hamda yil davomida fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan shahrimizdagi tashkilot va muassasalarning eng faol rahbar va xodimlarining mashaqqatli mehnatini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, yangidan-yangi zafarlar sari ruhlantirish maqsadida tashkil etilgan.Taqdirlash marosimini Termiz shahar hokimi Xudoyberdiyev Isroil Bo‘riyevich kirish so‘zi bilan ochib, dastlabki uchta nominasiya g‘oliblarini taqdirladilar. Bugun 25 ta nominasiya bo‘yicha tashkil etilgan tantanali marosimda nomzodlar ichidan eng munosiblari e’tirof etilib, g‘oliblar shahar hokimining diplomi, statuetka va qimmatbaho estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, tadbir mehmoni yoshlarning sevimli xonandasi GULINUR va viloyatimizning taniqli xonandalari tomonidan ijro etilgan sho‘h qo‘shiqlar hamda o‘tkazilgan qiziqarli viktorinalar ishtirokchilarga pozitiv kayfiyat bag‘ishladi. Marosim yakunida barcha nominasiya g‘oliblari shohsupaga taklif etildi va Termiz shahar hokimining tashabbusi bilan tayyorlangan “Fidokor” taqdimotining brend taronasi ijro etildi.